Korrupsiyaga qarshi kurash


25.04.2025

2024-yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksi eʼlon qilindi

 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-154-son Farmoniga muvofiq, (https://lex.uz/docs/-6066512) 2024-yil yakunlariga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi asosida to‘plangan barcha ko‘rsatkichlar atroflicha muhokama qilinib, yakuniy natijalar ko‘rib chiqildi.

  Maʼlumot o‘rnida: Indeks 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida shakllantirilib kelinmoqda. Bu yilgi baholashda jami 98 ta ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirlik, qo‘mita, agentlik, inspeksiyalar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olindi.

15.04.2025

Korrupsiyaga qarshi kurashish – har bir yosh uchun kerakli bilim!

  Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida izchil va samarali islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yoshlar orasida halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash, korrupsion xatti-harakatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida keng ko‘lamli chora-tadbirlar belgilangan.

  Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasida oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun maxsus
bepul kurslar. Endilikda har bir talabaga Korrupsiyaga qarshi kurashish tamoyillarini tushuntirish, ularni amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantirish imkoniyati yaratilmoqda.

   Ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar nafaqat jamiyat taraqqiyotiga, balki adolatli va halol kelajak qurilishiga munosib hissa qo‘shishlari mumkin.

  Korrupsiyaga qarshi ongni shakllantirish — bu bugungi kun yoshlari ma’naviy barkamolligi va kelajakda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatining asosiy kafolatidir!

 

18.04.2025

"Anti-Corruption Hackathon 2025"ga start berildi

Joriy yilning 2-3-4 may kunlari "Yangi O‘zbekiston" universitetida “Anti-Corruption Hackathon 2025" xakatoni bo‘lib o‘tadi.

Unda ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniga ega bo'ladi.

G‘oliblar Gonkongda bo‘lib o‘tadigan Osiyo yoshlar korrupsiyaga qarshi kurashish xakatoni ("Coding4Integrity")da O‘zbekiston nomidan ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

Yo‘nalishlar:

- davlat xaridlari, sport, qurilish, moliya va sug'urta tizimlarida korrupsiyaning oldini olish;

- korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish;

- ochiq ma'lumotlar orqali korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa yondashuvlar.

Xakatonda ingliz tilini yaxshi biladigan 18-35 yoshdagi turli soha vakillari yakka yoki (3 kishilik) jamoaviy holda ishtirok etishi mumkin.

Tayyorlov vebinari: 21-aprel

Xakatonda ishtirok etish uchun 28-aprelga qadar ushbu havola (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScpsxQYA5aZkAM9WzL-1st-1Nf2tvbX7tqrnxN6OeFRipz6Fw/viewform?usp=sharing) orqali ro'yxatdan o'tish so'raladi.
——————

01.04.2025

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”ga start berildi

  Mazkur tashabbus davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurshish agentligi hamda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Oylik doirasida:

— Agentlik va Partiya Markaziy apparati xodimlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiya aʼzolari ishtirokida xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari va partiyaning hududiy tashkilotlari faollari uchun “Korrupsiya va komplayens nazorat” mavzusida o‘quv kurslari;

— Mahalla fuqarolar yig‘inlari, korxona va tashkilotlarda “Aholining korrupsiyaga qarshi kurashishda faolligini oshirish — qonun ustuvorligi garovi” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari;

20.03.2025

STOP KORRUPSIYA! CHELLENJ BOSHLANDI!

  Namangan to‘qimachilik sanoati institutida korrupsiyaga qarshi kurash borasida muhim tashabbus – "STOP KORRUPSIYA" chellenji tashkil etildi!

 Ushbu tashabbusga institut rektori boshchiligida barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar faol qo‘shilishdi. Mazkur chellenjning asosiy maqsadi – ta’lim muassasasini korrupsiyadan xoli hududga aylantirish, halollik va adolat tamoyillarini keng targ‘ib qilishdir.

  Siz ham chellenjga qo‘shiling!
Har bir fuqaro korrupsiyaga qarshi kurashda o‘z hissasini qo‘sha oladi! Faol bo‘ling, haqqoniy jamiyat qurilishiga hissa qo‘shing!

17.03.2025

Korrupsiya qanday vujudga keladi? Uni oldini olish uchun nimalar qilish zarur?

Agar siz oliy va professional taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalarida manfaatlar to'qnashuvi va korrupsion holatlarga duch kelsangiz telegramdagi 

17.03.2025

Korrupsiyaga qarshi kurash – muhim vazifa

So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash borasida jiddiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda, 2025-yil 5-mart kuni davlat rahbari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda korrupsiya islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq sifatida tan olindi.

14.03.2025

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va “Adolat” SDP hamkorlikda amalga oshiradigan ustuvor vazifalar belgilandi

  Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda “Adolat” SDP rahbariyati, masʼul xodimlari ishtirokidagi yig‘ilishda davlat rahbari raisligida o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy Kengashning kengaytirilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar muhokama qilinib, quyidagi yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi:

- korrupsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlarning joylardagi ijrosi ustidan parlament va deputatlik nazoratini amalga oshirishga ko‘maklashish; 

- hududlarda va sohalarda aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni partiyaning parlamentdagi fraksiyasi orqali qonunchilik tashabbusi asosida qonun loyihalariga aylantirish;

- taʼlim muassasalarida, mahallalar va mehnat jamoalarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- joriy yilning aprel oyida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”ni o‘tkazish v.b.

11.02.2025

Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘siq! Biz esa unga qarshimiz!

   "Komplayens nazorat" tizimi boshqaruvi bo‘limi bosh mutaxassisi A. Usmonov tashabbusi bilan Korrupsiya – har qanday jamiyat taraqqiyotiga putur yetkazuvchi illat. Uni bartaraf etish uchun faqat qonuniy choralar emas, balki har bir fuqaroning ma’naviy pozitsiyasi ham muhim!

  Talabalarimiz ushbu muammo bo‘yicha video rolik tayyorlashdi! Ushbu rolikda korrupsiyaning salbiy oqibatlari, jamiyat rivojiga ta’siri va unga qarshi kurashish yo‘llari aks ettirilgan. Hamma birlashsa – korrupsiyasiz kelajakni barpo etish mumkin!

   Siz ham korrupsiya haqida o‘z fikringizni bildiring va ushbu illatga qarshi kurashga o‘z hissangizni qo‘shing!

    Videoni tomosha qiling va baho bering!

23.01.2025

Institutda "Yoshlarning ma'naviy axloqiy holatiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yoʻllari"mavzusida uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etildi.

  Namangan toʻqimachilik sanoati instituti “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A. Usmonov hamda psixolog E. Soliyev tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda yoshlar orasida psixotrop moddalar va buzg‘unchi g‘oyalarning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

  Psixotrop vositalarning xavflari:
Ushbu moddalar insonning jismoniy va ruhiy salomatligiga zarar yetkazib, bepushtlik, erta o‘lim va boshqa jiddiy muammolarga olib keladi.

 

15.01.2025

Yakuniy Imtihonlar Oldidan Davra Suhbati Tashkil Etildi

Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutining guruh sardorlari uchun yakuniy imtihonlar oldidan uchrashuv tashkil etildi.

Institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A. Usmonov talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

 

17.01.2025

Oliygohimizda "Rahbar xodimlar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi

  Namangan to‘qimachilik sanoati instituti "Aksilkorrupsiya kovorking markazi"da talabalar va rahbar xodimlar o‘rtasida ochiq muloqotga asoslangan "Rahbar xodimlar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor J.Ergashev, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i S.Yusupov, Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i A.Usmanov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo'lim boshlig'i K.Sotvoldiyev hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

  Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni ochiq va erkin tarzda berish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ular stipendiyalar, sport va madaniy tadbirlar, fan va innovatsiyalar, xorijiy almashinuv dasturlari, o‘quv jarayonidagi yangiliklar kabi mavzularda o‘z taklif va fikrlarini bildirishdi.

 

11.01.2025

Namangan to‘qimachilik sanoati institutida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor J.Ergashev tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Ma’naviy ma’rifiy ishlar va yoshlar masalalari bo‘yicha prorektor J.Yuldashev, institutning barcha kafedra mudirlari, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i S.Yusupov, registrator ofisi boshlig‘i S.Isakov, o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i A.Abduraxmonov, Sirtqi va kechki bo‘lim boshlig‘i Sh.Imomkulov, ATM boshligʻi, barcha tyutorlar, Matbuot xizmati boʻlim boshligʻi M.Obidjonov xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

21.01.2025

Sirtqi ta’lim talabalari bilan dolzarb uchrashuv

  Namangan to‘qimachilik sanoati institutining sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida muhim uchrashuv tashkil etildi.

  Tadbirning maqsadi:

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-200 sonli Farmonida belgilangan vazifalar mohiyatini tushuntirish.
Yakuniy imtihonlar jarayonida korrupsion holatlarga keskin qarshilik ko‘rsatish va ularga murosasiz yondashish.
Talabalarda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish.

 

09.12.2024

#9_dekabr #Korrupsiya

9-dekabr – Korrupsiyaga qarshi kurashish 

29.11.2024

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Bugun, Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

 

30.11.2024

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

 Bugun, Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

   Tadbirda ishtirok etishdi:
- J. Yuldashev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor;
- A. Usmanov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” bo‘limi bosh mutaxassisi;
- K. Umarov, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;
- A. Tojiboev, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari;
- H. Mirzaboev, “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” bosh mutaxassisi.

26.11.2024

"Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha uchrashuv"

26-noyabr kuni institutning Ilmiy Kengashlar xonasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 829-sonli qaroriga muvofiq, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.

  Kun tartibi:
- “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning asosiy qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
- Huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi ko‘rib chiqildi.
- Dunyo davlatlarining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha tajribasi taqdim etildi.

  Uchrashuv institut rektori prof. Q.M. Xoliqov boshchiligida o‘tkazilib, kun tartibidagi masalalar bo‘yicha muhokamalar olib borildi. Shuningdek, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori J.Yo’ldashev, uchrashuvda ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdi.

06.11.2024

“Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovi e’lon qilindi.

  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovini e’lon qiladi.

  Tanlov 3 bosqichdan: akademik guruhlar talabalari o‘rtasida saralash bosqichi, fakultetlararo oliy ta’lim muassasasi bosqichi hamda OTM g‘oliblari o‘rtasida yakuniy bosqichdan iborat.

  Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

🥇1-o‘rin – 6 000 000 so‘m;
🥈2-o‘rin – 5 000 000 so‘m;
🥉3-o‘rin – 4 000 000 so‘m.

25.11.2024

"9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot!

  Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutining Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan bir qator muhim tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu faoliyatlar korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish va ijtimoiy ongni yuksaltirishga qaratilgan.

  Asosiy tadbirlar:
- “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan jami 5 ta targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi:
▫️ 3 ta davra suhbati,
▫️ 2 ta uchrashuv, shundan 2 tasi huquq-tartibot organlari vakillari ishtirokida tashkil etildi.
- Tadbirlar davomida jami 200 nafardan ortiq talaba-yoshlar (kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha) hamda 100 nafardan ziyod professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirok etdi.

  Ijtimoiy aksiyalar:
- Talabalar tomonidan korrupsiyaga qarshi 2 ta videorolik tayyorlanib, institutning rasmiy kanallariga joylashtirildi.
- “STOP KORRUPSIYA” chellenji ikki marta muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

22.11.2024

#Doktorantura #Tayanch_doktorantura

   Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida doktorantura va tayanch doktorantura uchun imtihonlar adolatli va shaffof tarzda o‘tkazildi. Imtihon jarayonlari institut rahbariyati tomonidan yuqori darajada tashkil etilib, barcha talabgorlar uchun qulay sharoitlar yaratildi.

  Imtihonlarni institut rahbariyati ochib berib, barcha talabgorlarga muvaffaqiyat tiladi. Yagona elektron tizim (daraja.ilmiy.uz) orqali hujjatlarini topshirgan talabgorlar belgilangan ixtisosliklar bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

 

20.11.2024

"Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi" mavzusida insho tanlovi o‘tkazildi

  Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan "Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi" mavzusida "Eng yaxshi insho" tanlovi tashkil etildi.

☑️ Tanlov davomida talabalar korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish va yoshlarning bu boradagi o‘rnini yorituvchi ijodiy insholar yozdilar. Tadbir yoshlarni korrupsiyaga qarshi faol pozitsiyada bo‘lishga, adolat va haqqoniylikni targ‘ib qilishga undadi.

 

13.11.2024

Namangan to‘qimachilik sanoati instituti sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun “Korrupsion huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi asosiy omillar  va ularni bartaraf etish choralari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

  ▫️Namangan to‘qimachilik sanoati institutining sirtqi ta’lim shakli asosida ta’lim olayotgan 8as-22,15bs-15es-22 guruhlaridagi talablar bilan “Korrupsion huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi asosiy omillar  va ularni bartaraf etish choralari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish va "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Usmonov hamda Sirtqi va kechki ta’lim bo‘limi boshlig‘i Sh.Imomqulovlar ishtirok etishdi.

 

08.11.2024

Namangan to‘qimachilik sanoati institutning ilmiy kengashlar xonasida Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Usmonov raisligida davra suhbati o‘tkazildi.

  ▫️Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabr sanasidagi 829-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom" muhokama qilindi.

 

05.11.2024

O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2020- yil 31-dekabrdagi 829- sonli qarori bilan tanishtirish maqsadida Namangan to‘qimachilik sanoati institutining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi a’zolari o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.

▫️Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Usmonov, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi raisi K.Sotvoldiyev, tyutor F.Dadaxonov hamda talaba-yoshlar klubi a'zolari ishtirok etishdi.

 

05.11.2024

❗️Diqqat muhim eslatma!!!

   Namangan to'qimachilik sanoati institutida ochiqlik, shaffoflik va halollikni ta’minlash hamda mazkur jarayonlarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida, vijdonli hamda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga yo‘q deya oladigan talaba-yoshlarni hamkorlikka chorlaymiz!

   Agarda siz yakuniy va oraliq nazorat imtihonlari hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni topshirish jarayonlarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz, @NamTSI_karrupsiya_bot telegram bot yoki +998954004304 +998936772677 ishonch telefon raqamlariga xabar qoldirishingiz mumkin.

Korrupsiyani to‘xtatish uchun nimalar qilish zarur?

Korrupsiyani oldini olish uchun nimalarni bilish lozim?

04.11.2024

#Tanlov #Korrupsiya

▫️“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Namangan to’qimachilik sanoati institutida talabalar o‘rtasida “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Unda Institutning faol 22-nafar talaba-yoshlari faol ishtirok etishdi.
Tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan.

1-o‘rin 2a-24 dizayn Akramova Mahinbonu Bahromjon qizi,
2-o‘rin 2a-24 Axmadjonova Munisa Akramjon qizi,
3-o‘rin 2a-24 Komiljonova Mohinur Raximjon qizi munosib ko‘rildi.

04.11.2024

“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Namangan to’qimachilik sanoati institutida talabalar o‘rtasida “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

▫️Mazkur tanlovda iste’dodli talabalar o‘z ijodkorliklari bilan ishtirok etishdi, tanlovning maxsus kamissiyasi qaroriga ko'ra:

1-o'rin Jaloliddinova Dilobarxon Sadriddinbek qizi
2-o'rin Panjiyev Xusanjon Azamatovich
3-o'rin Tursunbayeva Marjona Yodgor qizi munosib deb topildi.

 

28.10.2024

O‘zbekistonda “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi ishga tushiriladi

   2025-yilning 1-yanvaridan boshlab faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan mazkur platforma orqali barcha foydalanuvchilar ixtiyoriy ravishda bazaviy kurslarda bepul taʼlim olish imkoniga ega bo‘ladi. Davlat xizmatchilari esa, maxsus o‘quv kurslarida har 3 yilda bir marta majburiy malaka oshiradilar.

24.02.2024

Namangan To‘qimachilik Sanoati Institutida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusi ostida bilimlar bellashuvi o‘tkazildi.

  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 202З-уil 27-noyabrdаgi PF-200-sonli Fаrmоni bilan tasdiqlangan davlat dasturining 19-bandida kо'rsatilgan vazifalarning ijrosini hamda Institut rektorining 22-maydagi 105-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida institutida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusi ostida bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Usmonov yoshlarga korrupsion holatlarni yuzaga keltirmasligini, holatga duch kelgan ishonch telefonlari murojaat qilishlarini aytib o’tgan holda barcha yigit-qizlarga omad tiladi!

 

23.10.2024

Korrupsiya qanday vujudga keladi? Uni oldini olish uchun nimalar qilish zarur?

  Agar siz oliy va professional taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalarida manfaatlar to'qnashuvi va korrupsion holatlarga duch kelsangiz telegramdagi @eduuzanticor_bot, 1006 Ishonch telefon raqami yoki anticor@edu.uz elektron pochta manzili orqali xabar berishingiz mumkin.

23.10.2024

Namangan toʼqimachilik sanoati instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʼlimi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

   Namangan toʼqimachilik sanoati instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʼlimi 2024-2025 oʼquv yili uchun institutning tarkibiy tarmoqlari bilan xamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʼlgan profilaktik tadbirlar boʼyicha ish-rejalari tuzilib, tasdiqlandi. Ish-rejaga asosan sentabr-oktabr oylari davomida jami 10 marotaba targʼibot ishlari olib borildi (3 marotaba davra suxbatlari, 2 marotaba seminar va 5 marotaba uchrashuvlar). Shundan 2 marotaba xuquq-tartibot idoralari xodimlarini jalb qilgan holda tadbirlar tashkil etildi. Targʼibot tadbirlariga jami 200 nafardan ortiq kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim yoʼnalishi talaba yoshlari, xamda 100 nafar professor-oʼqituvchilar va ishchi xodimlar ishtiroki taʼminlandi.

21.10.2024

Namangan toʼqimachilik sanoati instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʼlimi tomonidan 2023-2024 oʼquv yilida amalga oshirilgan ishlar

    Namangan toʼqimachilik sanoati instituti rektorining 2023 yil 9 oktabridagi buyrugʼiga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʼlimi tashkil etilib, faoliyat davomida sohaga oid boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasining qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari, farmoyishlari va boshqa qonun osti meʼyoriy hujjatlar asosida faoliyat olib borilmoqda.

    Namangan toʼqimachilik sanoati institutida 2023-2024 oʼquv yili davomida jami 72 marotaba targʼibot ishlari olib borildi ( 35 marotaba davra suxbatlari, 12 marotaba seminar va 25 marotaba uchrashuvlar). Shundan 6 marotaba xuquq-tart ibot idoralari xodimlarini jalb qilgan holda tadbirlar tashkil etildi. Targʼibot tadbirlariga jami 1550 nafardan ortiq kunduzgi va sirtqi taʼlim yoʼnalishi talaba yoshlari, xamda 226 nafar professor-oʼqituvchilar va ishchi xodimlar ishtiroki taʼminlandi.

    Talabalar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid 6 ta videorolik tayyorlanib, institutning rasmiy kanaliga joylashtirildi,2 marotaba “STOP KORRUPSIYA” chellenji oʼtkazildi. Boʼlim xodimi tomonidan Korruptsiya mavzusi boʼyicha 2 marotaba maxalliy OАVlarida chiqish qilindi hamda, 2 marotaba ushbu mavzuda viloyat gazetalarida institut rektorining maqolasi chop etildi.

    2023-yil oktabr oyida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha “Talaba yoshlar klubi” tashkil etildi. Jami 21 nafar aʼzosi faoliyat yuritadi.

    2024 yil 26-fevralь sanasida institut rektorining 42-sonli buyrugʼi bilan, Namangan toʼqimachilik sanoati institutida “Аksilkorrupsiya kovorking markazi” tashkil qilindi.

    9-dekabrь “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan“Аksilkorrupsiya oyligi” doirasida “Biz korrupsiyasiz taʼlim tarafdorimiz!” mavzusi boʼyicha insholar tanlovi, “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusi boʼyicha rasmlar tanlovi va “Zakovat” intelektual musobaqalari tashkil etildi. Jami 32-nafar gʼolib talabalar 19 mln 700 ming soʼm miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

    Jamoat faollari, maxalla vakillari, OАV bilan xamkorlikda 3 marotaba ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

    Professor-oʼqituvchilar va talabalar oʼrtasida jami 4-marotaba anonim soʼrovnoma oʼtkazildi.(2 marotaba Vazirlik tomonidan, 2 marotaba Boʼlim tomonidan). Soʼrovnoma xulosasi institut rektoriga taqdim qilindi. Kengashning 8-yigʼilishida tegishli masʼullar bilan muxokama qilindi.

    Shuningdek, oʼtgan davr mobaynida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-200 sonli farmonidagi vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan 13 ta dissertatsiya ishi himoyasi, Yakuniy Davlat atestatsiya imtixonlari institutning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida toʼliq translyatsiya qilib borildi.

    Oʼz navbatida institutda korrupsiyaviy harakatlarning sodir etilishini oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida ijtimoiy tarmoqdagi @NamTSI_karrupsiya_bot kanali hamda (93)-677-26-77 (55)-255-43-04 ishonch telefonlari uzluksiz faoliyat olib bormoqda

    Boʼlimning aralashuvi bilan Institutning ichki tartib qoidalarini qoʼpol ravishda buzgan 6 nafar xodim mexnat shartnomalari bekor qilindi. Oʼquv yili davomida talabalar tomonidan 4 marotaba ariza bilan murojaat qilindi. Oʼrganuv jarayonida arizada koʼrsatilgan barcha vajlar oʼz tasdigʼini topdi. Oʼz navbatida institut rektori tomonidan tegishli masʼullarga ogoxlantirishlar berildi.Bir nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod qilinib, boshqa ishga oʼtkazildi.”Toʼqimachilik mashinalari”fakultetida gurux jurnalini yuritish, saqlash qoidalarini qoʼpol tarzda buzgan masʼullarga tegishli tartibda choralar koʼrildi.

21.10.2024

#Stop_korrupsiya heshtegi ostida chellenj

   Namangan to‘qimachilik sanoati instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Komplaens nazorati” tizimi doirasida Stop_korrupsiya xeshtegi ostida chellenji o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirda institut rahbar-xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

   

18.10.2024

Guruh sardorlari bilan davra suhbati: Korrupsiyaga qarshi kurash va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

   Namangan to’qimachilik sanoati institutida talabalarning guruh sardorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda birinchi prorektor J.Yuldashev talabalar ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etishlari va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratishlari lozimligini ta’kidladi.

 

18.10.2024

“Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida rasmlar tanlovi

  “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” va “Aksilkorrupsiya oyligi” munosabati bilan Namangan to’qimachilik sanoati institutida 24-25 oktabr kunlari talabalar o‘rtasida “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkaziladi.

  Mazkur tanlovda iste’dodli talabalar o‘z ijodkorliklari bilan ishtirok etib, hududiy bosqichga yo‘llanma qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tanlov g‘oliblari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

  Barcha ijodkor talabalarni tanlovga faol ishtirok etishga chorlaymiz!

15.10.2024

Namangan to'qimachilik sanoati instituti korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha rahbar-xodimlar ishtirokida Stop_korrupsiya xeshtegi ostida chellenj o‘tkazilmoqda.

   Ushbu chellenjdan maqsad korrupsiya jarayonlari ishtirokchisiga aylanib qolish kabi noxush holatlarni oldini olish, institut xodimlari va talaba-yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan immunitetni shakllantirish, oliy ta’lim sohasini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirishdan iborat.

  Hurmatli institut rahbar xodimlari va talaba-yoshlardan korrupsiyaga qarshi o‘tkazilayotgan chellenjda faol ishtirok etishini so‘raymiz.

10.10.2024

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda BMTTD korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish mavzusida qisqa metrajli filmlar uchun ssenariylar tanlovini e'lon qiladi.

   Tanlovda jurnalist va blogerlar, havaskor ssenarist va mualliflar, kino ixlosmandlari, umuman, ushbu illatga qarshi murosasiz kurashishga hissa qo‘shishni xohlovchi ijodkorlar ishtirok etishi mumkin.

  G‘oliblarga o‘z ssenariylarini sahnalashtirish uchun grant ajratiladi.

  Eng yaxshi ishlar turli media platformalar hamda korrupsiyaga oid nufuzli tadbirlar doirasida namoyish etiladi.

  Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori — 10 000 AQSH dollarigacha.

Arizalar 2024-yilning 23-oktyabrigacha qabul qilinadi.

Tanlov shartlari bilan batafsil bu yerda (https://go.undp.org/oAU) tanishing.

05.10.2024

Namangan to'qimachilik sanoati institutida korrupsiyaga qarshi kurash doirasida chellenj e'lon qilinadi!

  Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" bo‘limi tomonidan barcha talabalar uchun #stop_korrupsiya hashtegi ostida chellenj e'lon qilinmoqda.

  Sizni ushbu muhim tashabbusda faol ishtirok etishga chaqiramiz! Chellenjda qatnashish orqali korrupsiyaga qarshi kurashishda o‘z hissangizni qo‘shing va jamiyatimizni yanada adolatli qilishga hissa qo‘shing!

  Shartlar: #stop_korrupsiya hashtegi bilan postlaringizni bo‘lishing va jamoa ruhida bu illatga qarshi birlashing.

Talabalarimizdan chellenjda faol ishtirok etib, o'z fikr va g'oyalarini bildirishlarini so'rab qolamiz! 

09.10.2024

Namangan to'qimachilik sanoati institutida korrupsiyaga qarshi kurash doirasida chellenj e'lon qilinadi!

   Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" bo‘limi tomonidan barcha talabalar uchun #stop_korrupsiya hashtegi ostida chellenj e'lon qilinmoqda.

05.10.2024

NamTSIda korrupsiyaga qarshi davra suhbati: 1-kurs talabalari ishtirokida

    Bugun Namangan to‘qimachilik sanoati institutida dizayn ta'lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 1-kurs 2a-24 guruh talabalari uchun korrupsiya tushunchasi, shakllari va sabablari hamda jamiyatda unga bo‘lgan munosabat mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

   Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurash bugungi kunda dolzarb vazifa ekani ta’kidlandi. Korrupsiya xavfi va uning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashish zarurligi qayd etilib, institut xodimi yoki talabasi nomiga dog‘ tushirmaslik, ichki tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilish, zimmasidagi vazifalarni halollik va mas’uliyat bilan bajarish lozimligi xususida talabalarga Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Usmonov batafsil ma'lumot berildi.

   

03.10.2024

Korrupsiya qanday vujudga keladi? Uni oldini olish uchun nimalar qilish zarur?

Agar siz oliy va professional taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz telegramdagi @eduuzanticor_bot, 1006 Ishonch telefon raqami yoki anticor@edu.uz elektron pochta manzili orqali xabar berishingiz mumkin.

25.09.2024

Namangan toʻqimachilik sanoati institutida kechki taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan 1-kurs talabalari ishtirokida “Korrupsiya – jamiyat kushandasi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

   Ushbu tadbirda institut Korrupsiyaga qarshi kurashish va "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish boʻlimining bosh mutaxassisi Abdullajon Usmonov, institut Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi Adhamjon Qurbonov hamda fakultet dekani Shuxratjon Imomqulovlar ishtirok etishdi.

 

23.09.2024

Namangan to'qimachilik sanoati institutida #stop_korrupsiya chellenji boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu chellenjning asosiy maqsadi – talaba-yoshlarning korrupsiya bo'yicha bilim darajasini oshirish, ularni korrupsiyaga aralashish ehtimolidan himoya qilish va bu jarayonlardan chetda qolishlariga koʻmaklashishdir. Shuningdek, institut xodimlari hamda talaba-yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan qatʼiy va toqatsiz munosabatni shakllantirish orqali oliy taʼlim tizimini korrupsiyadan holi soha sifatida mustahkamlashga intilishdir.

 

24.09.2024

#Zakovat_video_lavha

Namangan to'qimachilik sanoati institutida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi

24.09.2024

#NamTSI #Munozara

NamTSIda "Munozara" intellektual bellashuvi o'tkazildi

14.09.2024

Korrupsiyaga qarshi kurashishda manfaatlar to'qnashuvini oldini olish choralari to'g'risida uslubiy qo'llanmalar

   Oʼzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʼqnashuvi toʼgʼrisida”gi Qonuni 2024 yil 5 iyunda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanishi davlat tashkilotlari faoliyatida urugʼ-aymoqchilik, tanish-bilishchilik kabi illatlariga chek qoʼyishga huquqiy asos boʼldi.

   Manfaatlar toʼqnashuvini boshqarishning umumiy qoidalari to'g'risida quyida uslubiy qo'llanmalar yordamida batafsil bilib oling

Manfaatlar buklet.pdf

Uslubiy tavsiya.pdf

Uslubiy qo'llanma.pdf

Qo'llanma.pdf

Eslatma buklet.pdf

Eslatma buklet2.pdf

Manfaatlar kalendar.pdf

Korrupsiya-oliy-taʼlim-uchun-yashirin-tahdid.NamTSI.pdf

Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida

Korrupsiya taraqqiyot kushandasi

27.04.2024

Namangan to’qimachilik sanoati instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish

Namangan to’qimachilik sanoati instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va "Kompleans nazorat" tizimini boshqarish bo’limi qoshida tashkil etilgan, talaba-yoshlar klubi a'zolari ishtirokida bo’limning ishonch telefonlari, telegram botlari, yoritilgan maqolalar aks etgan flayerlar ta’lim maskanidagi talabalarga tarqatildi.

23.04.2024

Namangan toʻqimachilik sanoati institutining toʻqimachilik dizayni fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha "Biz — korrupsiyaga qarshimiz " mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Bugun to'qimachilik dizayni fakulteti talabalari bilan "Biz — korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida davra suhbati olib borildi. 

15.04.2024

Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishdan asosiy ko'zlangan maqsad, korrupsion huquqbuzarliklarni keltirib chiqarayotgan omillarni aniqlash va korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish va talaba - yoshlar orasida korrupsion holatlarni va huquqbuzarliklarni oldini olish bo'yicha taklif va topshiriqlarni belgilab olishdan iborat.
Yig'ilishda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Abdurashid Jo'raboyev va fakultet dekan o'rinbosarlari va tyutorlar ishtirok etishdi.

29.03.2024

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan 58-sonli buyruq bilan tasdiqlangan “Tizim tashkilotlari, oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qilish va ularning natijalarini e’lon qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”bilan tanishtirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Usmonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan 58-sonli buyrug’ bilan tasdiqlangan yo'riqnomaning mazmun mohiyati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qilish tartibi to'g'risida tushunchalar berib o'tildi.

18.03.2024

Mas'ullar korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qilish va ularning natijalarini e’lon qilish tartibi to‘g‘risidagi Yo'riqnoma bilan tanishtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tizim tashkilotlari, oliy, o'rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qilish va ularning natijalarini e’lon qilish tartibi to‘g‘risida Yo'riqnoma tasdiqlandi.

24.01.2024

Korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi

Bugun Namangan toʻqimachilik sanoati institutining To'qimachilik mashinlari fakultetidakorrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi islohotlarni mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan uchrashuv o'tkazildi.

 

22.01.2024

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA "KOMPLAENS NAZORAT" TIZIMINI BOSHQARISH BO`LIMI

Bosh mutaxassis: Usmonov Abdullajon Ismoilovich

Isonch tel: 1006

Ish tel: +998954004304

Mob.tel: +998936772677

Telegram_bot: @NamTSI_karrupsiya_bot

email: usmannovabdullajon@gmail.com