https://namspi.uz/uploads/9aedb1893430411a0e42d7879fa1b5bd.jpg
Kafedra tarkibi
Yusupov Sabirjon Abdujabbarovich- T.f.n., rafedra mudiri
Qayumov Juramirza Abdiramatovich - DSc. Professor
Erkinov Zokirjon Erkinboy o`g`li- DSc., dotsent
Yuldashev Jamshidbek Qambaralievich- DSc., dotsent
Bobojanov Xusanxon Toxirovich- DSc. Professor
Azizov Inomjon Rashidovich T.f.n. dotsent
Parpiyev Xabibullo - T.f.n. dotsent
Mirzaboyev Baxriddin - T.f.n. dotsent
Aliyeva Dilbar Ganiyevna - T.f.n. dotsent
Odilxonova Nafisa Olimjonovna - PhD., dotsent
Parpiyev Doniyorbek Xabibullayevich - PhD., dotsent
Mirzaboyev Jamoliddin Baxriddinovich - PhD., katta o‘qituvchi
Ataxanov Avazbek Komiljanovich - PhD., katta o‘qituvchi
Dolimov Abdulaziz Solijonovich - PhD., katta o‘qituvchi
«To‘qimachilik sanoti mahsulotlari texnologiyasi»
Kafedraga 1981 yilda asos solingan. 1981 yili Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat inistitutining Namangan umumtexnika fakulteti inistitutining shaxobchasiga aylantirilishi munosabati bilan “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi tashkil etildi. 1982 yilda ushbu kafedra negizida «Paxta va kimyoviy tolalarni yigirish», «To‘quvchilik» mutaxassisliklari bo‘yicha muhandis-texnologlar tayyorlashga ixtisoslashgan «To‘qimachilik sanoati texnologiyasi» kafedrasi tashkil etildi va bu kafedraga dosent X.T.Axmadxo‘jayev rahbarlik qildi. 1984 yilda kechki, 1986 yildan esa kunduzgi ta’lim tizimi bo‘yicha birinchi bitiruvchilar muhandis-texnolog malakasini oldilar.
1986 yilda kafedradan «Tabiiy va kimyoviy tolalarni yigirish» kafedrasi ajralib chiqdi va mustaqil faoliyat ko‘rsata boshladi. 1986-90 yillarda ushbu kafedraga t.f.n., dosent A.N.Sotskov, 1990-91 yillarda texnika fanlari nomzodi U.X.Meliboyev, 1991-1993 yillarda dosent R.K.Karimov rahbarlik qildilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1992 yil 28 fevraldagi «Respublikaning yangi oliy o‘quv yurtlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoniga binoan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Namangan filiali negizida 1992 yil 15 martdan boshlab Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti tashkil etildi.
1993 yili mutaxassislik kafedralarini qayta tashkil etilishi munosabati bilan institutda «Tabiiy va kimyoviy tolalarni yigirish», hamda «To‘qimalar texnologiyasi» kafedralari tashkil etildi. «Tabiiy va kimyoviy tolalarni yigirish» kafedrasiga mudir etib dosent I.R.Azizov tayinlandi. «To‘qimalar texnologiyasi» kafedrasini 1995-99 yillarda dosent D.G.Aliyeva boshqardilar.
1999 yildan boshlab kafedrada «To‘qimachilik sanoti mahsulotlari texnologiyasi» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Shu munosabat bilan kafedralar qayta birlashtirilib unga «To‘qimachilik sanoati mahsulotlari texnologiyasi» nomi berildi. Kafedra mudiri etib dosent I.R.Azizov saylandi.
2006 yildan boshlab dosent D.G.Alieva kafedra mudirligi lavozimida faoliyat ko‘rsatib keldi. 2011 yilda kafedra mudiri etib dosent I.R.Azizov saylandi. So`ngi o`n yillikda J.Erkinov (2017-2019), H.Bobojonov(2019-2021), J.Qayumov(2021-2023)lar kafedrani boshqargan bo`lsalar, 2023 yil avgust oyidan boshlab S.Yusupov rahbarlik qilmoqda.
Asos solingan yillardan boshlab kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-pedagogik masalasiga institut rahbariyatining g‘amxo‘rligi va bevosita amaliy yordami sezilib turdi. 1984-1991 yillarda kafedra a’zolaridan U.X.Meliboyev, B.S.Mirzaboyev, D.G.Aliyeva, X.T.Parpiyev, X.X.Xaydarov, S.A. Yusupov, H.T.Bobojonov, J.Q.Yuldashevlar Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat institutining, I.R.Azizov Ivanovo To‘qimachilik institutining, O.T.Jo‘rayev Sank-Peterburg To‘qimachilik va yengil sanoat institutining aspiranturalarida taxsil olib texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishgan bo`lsalar, Qayumov Jo‘ramirza Italiyaning Bolonya universitetida doktoranturada tahsil olib fan doktori ilmiy darajasiga erishdi.
2001 yildan boshlab kafedrada 5540500-«To‘qimachilik sanoti mahsulotlari texnologiyasi» ta’lim yo‘nalishi negizidagi ikkita- 5A540501 – “Yigirish texnologiyasi” va 5A540502 – “To‘qima ishlab chiqarish texnologiyasi” mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura tashkil etildi. Bunday yangilanish ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratdi. O‘tgan davrda kafedra magistraturasini aksariyat bitiruvchilari ilmiy yo‘nalishlarini tanlab, ilmiy izlanishlarini davom ettirib kelmoqdalar. Jumladan Matluba Sayfiyeva TTESI aspiranturasida taxsil olib, “O‘zbekiston Respublikasi Prezident stipendiyasi” sovrindori bo‘ldi va fan nomzodligi dissertasiyasini muvafaqqiyatli himoya qilib, kafedraga ilmiy-pedagogik faoliyatini davom ettirish uchun qaytdi. Magistratura bitiruvchilaridan S.Tojimirzaev, J.Mirzaboev, D.Parpiev, D.Mamadalieva, D.Obidovlar dissertatsiya ishlarini himoya qildilar. Birgina 2023 -2024 o`quv yilida J.Yuldashev, Z.Erkinovlar texnika fanlari doktori, A.Dolimov va A.Ataxanovlar falsafa doktori dissertatsiyalarini himoya qildilar.
Kafedra tomonidan Jahon banki granti doirasida 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan “To‘qimachilik sanoatida ilg‘or kadrlar tayyorlash bo‘yicha innovatsion markaz yaratish” mavzusida qiymati 80 ming AQSh dollari bo‘lgan loyiha amalga oshirildi. Mazkur loyiha doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari va doktorantlari, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti professor-o‘qituvchilari va doktorantlari uchun jahonning yetakchi to‘qimachilik kompaniyasi Rieter (Shveytsariya) firmasining yetakchi mutaxassislari tomonidan malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Trening yakunida barcha ishtirokchilarga Rieter firmasining maxsus sertifikatlari topshirildi.
Kafedra QS bo’yicha dunyo universitetlari reytingida birinchi 1000 talikka kirgan Turkiyaning EGE universiteti To’qimachilik muhandisligi kafedrasi va universitet qoshidagi va Emel Akin Professional ta’lim maktabi, Karabuk universiteti va Bursa Uludag universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzoladi. Shunga ko‘ra, kafedra professor-o‘qituvchilari 2021-2022-yillarda Ege universitetida qisqa muddatli amaliyot o‘tashdi, u yerda xorijlik hamkasblar bilan seminar tashkil etildi va qo‘shma loyihalar tayyorlash bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.
Kafedra a`zolaridan S.Yusupov, J.Qayumov, Z.Erkinov, J.Yuldashev, X.Parpiev, I.Azizovlar Belgiya, Italiya, Portugaliya, Xitoy, Misr, Gretsiya, Hindiston, Belorussiya va boshqa ko`plab davlatlarning OTMlari hamda ilmiy markazlarida malaka oshirdilar, hamda hamkorliklagi ilmiy loyihalarda ishtirok etdilar.
2023-2024 o`quv yilidan boshlab ta`lim yo`nalishining yuqori kurs talabalari “4+2” dasturi asosida to`rt kun institutda va ikki kun zamonaviy jihozlar o`rnatilgsn ishlab chiqarish korxonalarida o`quv mashg`ulotlarini olib bormoqdalar.
Hozirda kafedraning ilmiy salohiyati 100% tashkil qiladi.