https://namspi.uz/uploads/895f741ba3c3a3a27916281eac913161.jpg
Namangan davlat texnika universiteti To‘qimachilik sanoati injiniringi fakulteti 2a-22 guruh talabasi Nazaraliyeva Shohida ustoz-shogird an’anasi asosida Dizayn kafedrasi o‘qituvchisi Boymatova Kamola bilan birgalikda "Atlas jilosi" kiyimlar kolleksiyasini tayyorladi va uning ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kolleksiya milliy qadriyatlar bilan zamonaviy dizayn yondashuvlarini uyg‘un tarzda birlashtirib, nafislik va estetik go‘zallikni namoyon etdi.
"Atlas jilosi" — bu bexato detal, o‘ziga xos uslub va milliy ruh saqlangan zamonaviy moda talqini