Ma’naviy ozuqa va mazmunli dam olish — talabalarga motivatsiya manbai!





Namangan davlat texnika universiteti To‘qimachilik sanoati injiniringi fakulteti tyutorlari M.Voxidova va Sh.Saydullayevlar tashabbusi bilan talabalar uchun Usmon Nosir asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyishi tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ma’naviy barkamolligini oshirish va badiiy-estetik dunyoqarashini kengaytirishdan iborat.

 


# # # #

Talabalar spektakldan chuqur taassurotlar va ma’naviy ozuqa olib qaytishdi!