Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining muhandislik sohasida e’lon qilingan tanlovga avvalroq to‘ldirilgan arizalarni tahrirlash imkoni paydo bo‘ldi!





  Endilikda siz ushbu tanlovga avvalroq to‘ldirgan arizangizni tahrirlash, ma‘lumotlarni qayta yuklash va nizom bo‘yicha talab etiladigan hujjatlarni qayta ko'rib chiqib taxrirlash imkoniga egasiz! Eslatib o‘tamiz, tanlov “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tadi.

  Har bir ishtirokchi tanlovning faqatgina bir yo‘nalishida ishtirok etishi mumkin.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin egalariga: elektromobil (9 ta):
🥈2-o‘rin uchun: xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi;
🥉3-o‘rin uchun: pul mukofotlari.

 

  Tanlovda qatnashing va 9 ta elektromobildan biriga ega bo‘ling! Tanlovga arizalarni yuborish va uni tahrirlash joriy yilning 10-aprel kuniga qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

  TANLOV NIZOMI (https://muhandis.edu.uz/documents/rules.pdf)

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 555200808 (357), 900650509.

  Muhandislar safiga qo‘shiling va o‘z kelajagingiz me’moriga aylaning!