https://namspi.uz/uploads/6221a4ea704052d6ee0731c7a31593ef.jpg
Namangan davlat texnika universiteti To‘qimachilik sanoati injiniringi fakultetida Dizayn yo‘nalishi katta o‘qituvchisi PhD R.Nuriddinovaning “Samo yog‘dusi” nomli kiyimlar kolleksiyasi namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Kolleksiya tun osmoni, yulduzlar va fazoviy yengillikdan ilhomlanib, yorug‘lik va soya, yengillik va sirli go‘zallik uyg‘unligini o‘zida aks ettiradi.
Yengil shifon, organza, atlas, saten, payetkalar va metall effektli matolar bilan bezatilgan liboslar ko‘zni qamashtiruvchi yulduzlar olamiga chorlaydi.
“Samo yog‘dusi” — zamonaviy ayol timsolining nurli va nafis ko‘rinishdagi talqini!