Namangan davlat texnika universitetida “Muhandislik oyligi”ga rasman start berildi!





  2025-yil aprel oyi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yurtimizda ilk bor “Muhandislik oyligi” deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Muhandislik oyligi”ning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

  Mazkur marosimda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, muhandislik yoʻnalishidagi OTMlar rahbarlari va professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

  Namangan davlat texnika universiteti jamoasi ushbu tadbirda oliy oʻquv yurtining “Bionika” laboratoriyasidan onlayn qatnashdi.


# # # # # # #

 Tadbirdan soʻng universitet rektori v.v.b Muhammadjon Dadamirzayev soʻzga chiqib, talabalarni “Muhandislik oyligi” va uning doirasida oliy oʻquv yurtida eʼlon qilingan mukofot jamgʻarmasi 100 mln. soʻmdan ortiq boʻlgan “Oliygoh kubogi” tanlovida faol ishtirok etishga chaqirdi.