https://namspi.uz/uploads/da54d976afdfb3b5a3d66ed6e6c5a26d.jpg
Hozirgi kunda ilm-fan, texnologiya va sanoat o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlash har qachongidan dolzarb.
Aynan shu maqsadda, joriy yilning 16-17 aprel kunlari Namangan Davlat Texnika Universitetining To‘qimachilik sanoati injineringi fakultetida
“ILM-FAN, TEXNOLOGIYA VA SANOAT INTEGRATSIYASI: MUAMMO VA YECHIMLAR-2025” (IFTSI-2025) mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda!
Mazkur konferensiya doirasida respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalari va sanoat sohalaridagi mutaxassislar, olimlar va tadqiqotchilar o‘z ilmiy ishlanmalari, amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqda.
Konferensiya davomida:
ilmiy izlanishlar va innovatsion g‘oyalar taqdimoti;
sanoat bilan fan integratsiyasini chuqurlashtirish yo‘llari;
texnologik muammolar va ularning amaliy yechimlari muhokama qilinmoqda.
Ushbu konferensiya yosh tadqiqotchilar va tajribali olimlar uchun o‘zaro fikr almashish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va o‘z ilmiy ishlarini keng auditoriyaga taqdim etish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.