https://namspi.uz/uploads/ec38f34a45fa9ff696ffaa2baa74a259.jpg
2B-23 guruh talabasi Adhamjonova Ruhshona tomonidan yaratilgan "Nozik qalblar" kolleksiyasi o‘zining betakror nafisligi bilan taqdim etildi! Kolleksiya ustozimiz Sheraliyeva Risolat rahbarligida tayyorlandi va alohida bir mehr ila namoyish etildi.
Eng quvonarlisi, ushbu ko‘rgazmada imkoniyati cheklangan talaba qizlarimiz ham faol ishtirok etib, sahnada o‘z iste’dodlarini namoyon qildilar!
Bu — nafaqat modaning go‘zalligi, balki insoniylik, bag‘rikenglik va ilhom tantanasi edi.
"Nozik qalblar" — yuragida orzulari katta bo‘lgan har bir qiz uchun ilhom manbai.