https://namspi.uz/uploads/23e6feae35e1f5ec17978e1c9c6d962d.jpg
Namangan davlat texnika universiteti "To‘qimachilik sanoati injineringi" fakultetida talabalar o‘rtasida qiziqarli futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi!
Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning jismoniy tayyorgarligini va jamoaviylik ruhini oshirish maqsadida, Prezidentimiz ilgari surgan "Besh muhim tashabbus" doirasida tashkil etilgan ushbu musobaqa haqiqiy sport bayramiga aylandi!
👥 Ishtirokchilar:
- 12a-24
- 14a-24
- 3a-24
- 7a-24 guruhlarining talabalaridan tuzilgan 4 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi.
Musobaqa davomida talabalar chinakam jamoaviylik, fidoyilik va g‘alaba ruhini namoyon etdilar!
Sport – nafaqat jismoniy baquvvatlik, balki do‘stlik va hamjihatlikni ham mustahkamlovchi kuchdir!