https://namspi.uz/uploads/352b41cb15511701e98d8a818cf5e6c8.jpg
Namangan davlat texnika universiteti "To‘qimachilik sanoati injineringi" fakulteti Dizayn kafedrasi ijodkor talabalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning professional o‘sishini rag‘batlantirish maqsadida, 🇰🇿 Qozog‘iston Respublikasi Olmata Texnika Universitetida o‘tkaziladigan "JAS-O'RKEN 2025" xalqaro moda haftaligida ishtirok etish uchun ichki saralash bosqichini muvaffaqiyatli tashkil etdi.
Saralash bosqichida 1-2-3-kurs talabalari tomonidan 11 ta shior ostida 14 nafar yosh dizayner o‘z kolleksiyalari bilan ishtirok etdi.
Saralash natijalari quyidagicha:
- Pret-a-porte uslubi bo‘yicha 1-o‘rin – *"Moviy marvarid"*
- Pret-a-porte De Lux uslubi bo‘yicha 1-o‘rin – *"Moviy nafas"*
- Etno-Fyujn uslubi bo‘yicha 1-o‘rin – *"Sharq nuri"*
- Creative ART uslubi bo‘yicha 1-o‘rin – *"Ipak izlari"*
- ART Dizayn uslubi bo‘yicha 1-o‘rin – *"Sharq yog'dusi"*
Yosh dizaynerlarimizning mahorati va ijodkorligi nafaqat fakultetimiz, balki xalqaro miqyosda ham e'tirof etilishiga ishonamiz!
Namangan davlat texnika universiteti – talaba iste'dodlari parvoz qiladigan maskan!