Faxrimiz – Yusupova Robiya!





  Namangan davlat texnika universiteti "To‘qimachilik sanoati injineringi" fakulteti, Dizayn kafedrasi 2M-24 guruh magistranti Yusupova Robiya Para badminton sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida munosib ishtirok etdi va o‘z irodasi hamda matonatini yorqin namoyon qildi!

  Robiya chempionatda yuqori natija ko‘rsatib, ikkinchi darajali diplom bilan taqdirlandi va fakultetimiz hamda universitetimiz sha'nini yuksaltirdi!

  


# # # # #

   Biz faxrlanamiz va Robiyaga kelgusi sport musobaqalarida ham ulkan zafarlar tilaymiz! Uning mehnatsevarligi va qat'iyati yoshlarimiz uchun chinakam ilhom manbaiga aylanmoqda!