Yangiliklar


26.04.2025

Faxrimiz – Yusupova Robiya!

  Namangan davlat texnika universiteti "To‘qimachilik sanoati injineringi" fakulteti, Dizayn kafedrasi 2M-24 guruh magistranti Yusupova Robiya Para badminton sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida munosib ishtirok etdi va o‘z irodasi hamda matonatini yorqin namoyon qildi!

  Robiya chempionatda yuqori natija ko‘rsatib, ikkinchi darajali diplom bilan taqdirlandi va fakultetimiz hamda universitetimiz sha'nini yuksaltirdi!

  

26.04.2025

"NamDTU Dizaynerlari: Jas-O'rken 2025 sari ilk qadamlar!"

  Namangan davlat texnika universiteti "To‘qimachilik sanoati injineringi" fakulteti Dizayn kafedrasi ijodkor talabalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning professional o‘sishini rag‘batlantirish maqsadida, 🇰🇿 Qozog‘iston Respublikasi Olmata Texnika Universitetida o‘tkaziladigan "JAS-O'RKEN 2025" xalqaro moda haftaligida ishtirok etish uchun ichki saralash bosqichini muvaffaqiyatli tashkil etdi.

  Saralash bosqichida 1-2-3-kurs talabalari tomonidan 11 ta shior ostida 14 nafar yosh dizayner o‘z kolleksiyalari bilan ishtirok etdi.

  Saralash natijalari quyidagicha:

- Pret-a-porte uslubi bo‘yicha 1-o‘rin – *"Moviy marvarid"*
- Pret-a-porte De Lux uslubi bo‘yicha 1-o‘rin – *"Moviy nafas"*
- Etno-Fyujn uslubi bo‘yicha 1-o‘rin – *"Sharq nuri"*
- Creative ART uslubi bo‘yicha 1-o‘rin – *"Ipak izlari"*
- ART Dizayn uslubi bo‘yicha 1-o‘rin – *"Sharq yog'dusi"*

26.04.2025

"Besh tashabbus" doirasida – Futbol musobaqasi!

  Namangan davlat texnika universiteti "To‘qimachilik sanoati injineringi" fakultetida talabalar o‘rtasida qiziqarli futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi!

  Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning jismoniy tayyorgarligini va jamoaviylik ruhini oshirish maqsadida, Prezidentimiz ilgari surgan "Besh muhim tashabbus" doirasida tashkil etilgan ushbu musobaqa haqiqiy sport bayramiga aylandi!

👥 Ishtirokchilar:
  - 12a-24
  - 14a-24
  - 3a-24
  - 7a-24 guruhlarining talabalaridan tuzilgan 4 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi.

  Musobaqa davomida talabalar chinakam jamoaviylik, fidoyilik va g‘alaba ruhini namoyon etdilar!

 

25.04.2025

Hamrayeva Sevaraxon Bahrom qizining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi ilmiy seminar himoyasi to‘g‘risida

    Hamrayeva Sevaraxon Bahrom qizining 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi bo‘yicha “Murakkab tuzilishli funksional to‘qimalarni olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Namangan to‘qimachilik sanoat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PHD.03/04.10.2023.T.174.01 raqamli Ilmiy kengashning Ilmiy Seminari 2025-yil  01  may kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

25.04.2025

Turdiyev Hayotbek Ergashboyevichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi ilmiy seminar himoyasi to‘g‘risida

   Turdiyev Hayotbek Ergashboyevichning “05.06.02 – Tо‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari)” ixtisosligi bo‘yicha “Shnekli mayda iflosliklardan tozalagichni takomillashtirish orqali tozalash samaradorligini oshirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Namangan to‘qimachilik sanoat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PHD.03/04.10.2023.T.174.01 raqamli Ilmiy kengashning Ilmiy Seminari 2025-yil  01  may kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

25.04.2025

Bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish yo‘lida ajoyib tashabbus!

  Namangan davlat texnika universitetining To‘qimachilik sanoati injiniringi fakulteti 14a-24 guruh talabalarni. Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi qoshidagi Chavandozlar maktabida bo‘lishdi.

  Mazkur tashrif talabalarning bo‘sh vaqtini samarali va mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, shuningdek, milliy qadriyatlarimiz va sport an’analariga mehr uyg‘otish maqsadida tashkil etildi.

  Tadbir davomida:
  Talabalar chavandozlik san’ati bilan tanishib, otlarga chiqib, davra aylanib mahoratlarini sinab ko‘rishdi.



25.04.2025

2024-yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksi eʼlon qilindi

 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-154-son Farmoniga muvofiq, (https://lex.uz/docs/-6066512) 2024-yil yakunlariga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi asosida to‘plangan barcha ko‘rsatkichlar atroflicha muhokama qilinib, yakuniy natijalar ko‘rib chiqildi.

  Maʼlumot o‘rnida: Indeks 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida shakllantirilib kelinmoqda. Bu yilgi baholashda jami 98 ta ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirlik, qo‘mita, agentlik, inspeksiyalar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olindi.

24.04.2025

NOZIK QALBLAR — yurakdan yaralgan go‘zallik!

  2B-23 guruh talabasi Adhamjonova Ruhshona tomonidan yaratilgan "Nozik qalblar" kolleksiyasi o‘zining betakror nafisligi bilan taqdim etildi! Kolleksiya ustozimiz Sheraliyeva Risolat rahbarligida tayyorlandi va alohida bir mehr ila namoyish etildi.

  Eng quvonarlisi, ushbu ko‘rgazmada imkoniyati cheklangan talaba qizlarimiz ham faol ishtirok etib, sahnada o‘z iste’dodlarini namoyon qildilar!

   Bu — nafaqat modaning go‘zalligi, balki insoniylik, bag‘rikenglik va ilhom tantanasi edi.

 

24.04.2025

Qo’chqorboyeva Chinara Turgunboevna texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi ilmiy seminar himoyasi to‘g‘risida

  Qo’chqorboyeva Chinara Turgunboevna “05.06.04 - Tikuvchilik buyumlar texnologiyasi va kostyum dizayni(texnika fanlari)” ixtisosligi bo‘yicha “Changdan himoyalovchi maxsus kiyimlarni loyihalashga yondashuvni ishlab chiqish va tadqiqoti” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Namangan to‘qimachilik sanoat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PHD.03/04.10.2023.T.5200 raqamli Ilmiy kengashning Ilmiy Seminari 2025-yil  30 -aprel kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

24.04.2025

Namangan davlat texnika unversiteti "To'qimachilik sanoati injineringi" fakulteti talabalari bilan moziy bo`ylab sayohat

  Axsikent — O‘zbekistonning eng qadimiy va tarixiy shaharlari sirasiga kiruvchi bebaho yodgorliklardan biridir. Farg‘ona vodiysida joylashgan ushbu arxeologik majmua o‘zining boy madaniy merosi, qadimiy shaharsozlik san’ati va betakror manzaralari bilan har bir sayohatchining qalbini rom etadi.

  Bugungi kunda Axsikent nafaqat tarixchilar va olimlar uchun, balki yurtimiz tarixi bilan qiziqadigan barcha yurtdoshlarimiz hamda mehmonlarimiz uchun jozibador manzillardan biriga aylangan.
  Sayohat davomida nimalarni ko‘rish mumkin?
- Qadimiy shahar xarobalari
- Arxeologik qazilma joylari
- O‘tmishdan so‘zlovchi devorlar va minoralar

23.04.2025

Toshmirzayev Qodirjon Odiljonovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi ishi himoyasi to‘g‘risida

   “Paxta xomashyosini quritishning resurstejamkor texnologik uskunasini ishlab chiqishmavzusida.

  Toshmirzayev Qodirjon Odiljonovichning 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi bo‘yicha, “Paxta xomashyosini quritishning resurstejamkor texnologik uskunasini ishlab chiqish” mavzusida, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya ishining himoyasi Namangan to‘qimachilik sanoati instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.10.2023.T.174.01 raqamli ilmiy kengashning 2025 yil 03 may kuni soat 13:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

23.04.2025

Obidova Irodaxon Nozimjonovnaning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi ishi himoyasi to‘g‘risida

  “Yangi tuzilishdagi naqshli trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish orqali trikotaj mahsulotlari assortimentini kengaytirishmavzusida.

  Obidova Irodaxon Nozimjonovnaning 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi bo‘yicha, “Yangi tuzilishdagi naqshli trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish orqali trikotaj mahsulotlari assortimentini kengaytirish” mavzusida, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya ishining himoyasi Namangan to‘qimachilik sanoati instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.10.2023.T.174.01 raqamli ilmiy kengashning 2025 yil 03 may kuni soat 15:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

23.04.2025

Usmanova Nargiza Alimjonovnaning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi ishi himoyasi to‘g‘risida

  “Ayollar ko‘ylaklari sanoat kolleksiyalarini shakllantirish jarayonlarini intellektuallashtirishmavzusida.

  Usmanova Nargiza Alimjonovnaning 05.06.04-Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni ixtisosligi bo‘yicha, “Ayollar ko‘ylaklari sanoat kolleksiyalarini shakllantirish jarayonlarini intellektuallashtirish” mavzusida, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya ishining himoyasi Namangan to‘qimachilik sanoati instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.10.2023.T.174.01 raqamli ilmiy kengashning 2025 yil 02 may kuni soat 13:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

23.04.2025

Azimova Sayoraxon Gulamjanovnaning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi ishi himoyasi to‘g‘risida

   “Erkaklar ustki trikotaj kiyimlarini resurs tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish tadqiqimavzusida.

  Azimova Sayoraxon Gulamjanovnaning 05.06.04-Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni ixtisosligi bo‘yicha, “Erkaklar ustki trikotaj kiyimlarini resurs tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish tadqiqi” mavzusida, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya ishining himoyasi Namangan to‘qimachilik sanoati instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.10.2023.T.174.01 raqamli ilmiy kengashning 2025 yil 02 may kuni soat 15:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

23.04.2025

Namangan davlat texnika universiteti magistranti Namangan shaharida o'tkazilgan Besh tashabbus Paralimpiadasi g'olibi !

  "To'qimachilik sanoati injineringi" fakulteti Dizayn kafedrasi 2M-24 guruh magistranti Yusupova Robiya Akbar qizi mahallar bo'yicha o`tkazilgan "Besh tashabbus paralampiadasida" faxrli birinchi orinni egallab universitetning nufuziga oz xissalarini yana bir- bor qoshib qo`ydilar. Ushbu talabamizning matonati bilimga bolgan qiziqishlari, shijoatlari bugungi kunda barcha talabalarimizga ornak bola olishini yana bir isboti bo'ldi

21.04.2025

Ma’naviy ozuqa va mazmunli dam olish — talabalarga motivatsiya manbai!

Namangan davlat texnika universiteti To‘qimachilik sanoati injiniringi fakulteti tyutorlari M.Voxidova va Sh.Saydullayevlar tashabbusi bilan talabalar uchun Usmon Nosir asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyishi tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ma’naviy barkamolligini oshirish va badiiy-estetik dunyoqarashini kengaytirishdan iborat.

 

21.04.2025

"Atlas jilosi" — Milliylik va zamonaviy uslub uyg‘unligi!

  Namangan davlat texnika universiteti To‘qimachilik sanoati injiniringi fakulteti 2a-22 guruh talabasi Nazaraliyeva Shohida ustoz-shogird an’anasi asosida Dizayn kafedrasi o‘qituvchisi Boymatova Kamola bilan birgalikda "Atlas jilosi" kiyimlar kolleksiyasini tayyorladi va uning ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

  Ushbu kolleksiya milliy qadriyatlar bilan zamonaviy dizayn yondashuvlarini uyg‘un tarzda birlashtirib, nafislik va estetik go‘zallikni namoyon etdi.

 

19.04.2025

DIQQAT TANLOV!

Bu yerda hamma teng. Muhimi – kimligingiz emas, nimalarga qodirligingiz!

🌎“Imkoniyatlar olimpiadasi”: O‘zbekistonda ilk bor imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida kasbiy mahorat musobaqalari o‘tkaziladi.

“Imkoniyatlar olimpiadasi” tanlovi 21-apreldan 2-mayga qadar bo‘lib o‘tadi, unda abilympics.uz (https://www.abilympics.uz/) saytidan ro‘yxatdan o‘tgan 14-18 yoshdagi imkoniyati cheklangan yoshlar o‘z kasbiy mahoratlarini namoyish etadilar.

Mazkur ko‘rik-tanlov mamlakatimizda o‘tkaziladigan ushbu formatdagi birinchi milliy musobaqa bo‘lib, loyiha Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.

“Imkoniyatlar olimpiadasi” yoshlarga nima beradi?

✅ O‘z sohasida mahoratini ko‘rsatish;
✅ Yangi do‘stlar va hamfikrlar orttirish;
✅ Tajriba almashish va o‘rganish;
✅ Qimmatbaho sovg‘alar va e’tirofga sazovor bo‘lish.

↗️ Yo‘nalishlar:
• Rassomchilik
• Kashtachilik
• Kulolchilik
• Fotograflik
• Mobilografiya
• Qandolatchilik
• AKT sohasi
• Tornachilik
• Duradgorlik
• Quruq qurilish ishlari

 

18.04.2025

UzCharmExpoEurAsia-2025 — Charm sanoati professionalari va innovatsiyalar manzili!

  “Uzcharmsanoat” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan ushbu yirik ko‘rgazma doirasida:
Xalqaro konferensiyalar
Sessiyalar, davra suhbatlari
Taqdimot va biznes uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

  Markaziy Osiyo, Yevropa va Osiyo mintaqasidan yetakchi kompaniyalar, xorijiy brendlar o‘z mahsulotlari va charmsanoatidagi eng so‘nggi yangiliklarni taqdim etdi!

 

18.04.2025

"Talaba yugur" — sog‘lom hayot sari qadam!

  Davlatobod tumanining “Yuksalish” dahasida “Sog‘lom hayot va farovon kelajak uchun” shiori ostida o‘tkazilgan "Talaba yugur" marafonida Namangan davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etdi.

  Ayniqsa, To‘qimachilik sanoati injiniringi fakulteti talabalari marafonda faollik va jamoaviy ruhni namoyon etishdi. Tadbir sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan.

 

18.04.2025

“Samo yog‘dusi” — yulduzlar ilhomidagi kiyimlar kolleksiyasi namoyishi!

    Namangan davlat texnika universiteti To‘qimachilik sanoati injiniringi fakultetida Dizayn yo‘nalishi katta o‘qituvchisi PhD R.Nuriddinovaning “Samo yog‘dusi” nomli kiyimlar kolleksiyasi namoyishi bo‘lib o‘tdi.

    Kolleksiya tun osmoni, yulduzlar va fazoviy yengillikdan ilhomlanib, yorug‘lik va soya, yengillik va sirli go‘zallik uyg‘unligini o‘zida aks ettiradi.

   Yengil shifon, organza, atlas, saten, payetkalar va metall effektli matolar bilan bezatilgan liboslar ko‘zni qamashtiruvchi yulduzlar olamiga chorlaydi.

 

18.04.2025

"Anti-Corruption Hackathon 2025"ga start berildi

Joriy yilning 2-3-4 may kunlari "Yangi O‘zbekiston" universitetida “Anti-Corruption Hackathon 2025" xakatoni bo‘lib o‘tadi.

Unda ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniga ega bo'ladi.

G‘oliblar Gonkongda bo‘lib o‘tadigan Osiyo yoshlar korrupsiyaga qarshi kurashish xakatoni ("Coding4Integrity")da O‘zbekiston nomidan ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

Yo‘nalishlar:

- davlat xaridlari, sport, qurilish, moliya va sug'urta tizimlarida korrupsiyaning oldini olish;

- korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish;

- ochiq ma'lumotlar orqali korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa yondashuvlar.

Xakatonda ingliz tilini yaxshi biladigan 18-35 yoshdagi turli soha vakillari yakka yoki (3 kishilik) jamoaviy holda ishtirok etishi mumkin.

Tayyorlov vebinari: 21-aprel

Xakatonda ishtirok etish uchun 28-aprelga qadar ushbu havola (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScpsxQYA5aZkAM9WzL-1st-1Nf2tvbX7tqrnxN6OeFRipz6Fw/viewform?usp=sharing) orqali ro'yxatdan o'tish so'raladi.
——————

17.04.2025

Ochiq eshiklar kuni — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar!

  Bugun Koson tumanidagi umumta’lim maktablarining bitiruvchi bir qator o‘quvchilari Namangan davlat universitetiga tashrif buyurishdi!

Ular universitet hayoti, ta’lim yo‘nalishlari, zamonaviy o‘quv jarayonlari va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

  Ochiq eshiklar kuni doirasida o‘quvchilarga bilim olish, kasb tanlash, kelajak rejalari va talabalik hayoti haqida qiziqarli ma’lumotlar yetkazildi.

 

16.04.2025

NAMANGAN DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETIDA ILMIY KONFERENSIYA!

   Hozirgi kunda ilm-fan, texnologiya va sanoat o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlash har qachongidan dolzarb.

Aynan shu maqsadda, joriy yilning 16-17 aprel kunlari Namangan Davlat Texnika Universitetining To‘qimachilik sanoati injineringi fakultetida

 “ILM-FAN, TEXNOLOGIYA VA SANOAT INTEGRATSIYASI: MUAMMO VA YECHIMLAR-2025” (IFTSI-2025) mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda!

Mazkur konferensiya doirasida respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalari va sanoat sohalaridagi mutaxassislar, olimlar va tadqiqotchilar o‘z ilmiy ishlanmalari, amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqda.

  Konferensiya davomida:
 ilmiy izlanishlar va innovatsion g‘oyalar taqdimoti;
 sanoat bilan fan integratsiyasini chuqurlashtirish yo‘llari;
 texnologik muammolar va ularning amaliy yechimlari muhokama qilinmoqda.